Sizda n ta qadam bor. Qadamlar 1 dan n gacha raqamlanadi.
Har bir qadamda tanga olinadi:
- agar qadam raqami juft bo'lsa — 2 ta tanga,
- agar qadam raqami toq bo'lsa — 1 ta tanga.
Berilgan n uchun jami nechta tanga yig'ilishini toping.
Kirish ma‘lumotlari
Bitta butun son n (0 ≤ n ≤ 10^18) — qadamlar soni.
Chiqish ma‘lumotlari
Jami yig'ilgan tangalar sonini (butun son sifatida) chiqaring.
Misollar
Kirish
5
Chiqish
7
Kirish
7
Chiqish
10
Kirish
8
Chiqish
12