Fermer quyonlar sonini kuzatmoqda. Kuzatuv shunday borayapti:
- 1-oyda fermada 1 juft quyon bor,
- 2-oyda ham 1 juft,
- undan keyingi har bir oyda quyonlar soni oldingi ikki oydagi sonlar yig'indisiga teng bo'ladi.
n-oyda fermada nechta juft quyon bo'lishini toping.
Kirish ma‘lumotlari
Yagona qatorda bitta butun son n (1 ≤ n ≤ 90) — oy tartib raqami.
Chiqish ma‘lumotlari
Yagona qatorda n-oydagi quyon juftlari soni.
Misollar
Kirish
7
Chiqish
13
Kirish
2
Chiqish
1
Kirish
4
Chiqish
3