Zinapoya $n$ ta pog‘onadan iborat. Bir qadamda $1$ yoki $2$ pog‘ona chiqish mumkin. Eng yuqoriga necha xil usulda chiqish mumkin? Masalan, $n = 3$ da: $1+1+1$, $1+2$, $2+1$.
Kirish ma‘lumotlari
Bitta butun son $n$ ($1 \le n \le 80$).
Chiqish ma‘lumotlari
Usullar sonini chiqaring (64-bitli butun songa sig‘adi).
Misollar
Kirish
3
Chiqish
3
Kirish
5
Chiqish
8