Son o‘rniga uning raqamlari kvadratlari yig‘indisini yozamiz va buni takrorlaymiz. Oxiri $1$ ga kelsa, boshlang‘ich son baxtli; $1$ ga hech qachon yetmasa (sonlar aylanib qaytaversa) — baxtli emas. Masalan, $7 \to 49 \to 97 \to 130 \to 10 \to 1$, demak $7$ baxtli.
Kirish ma‘lumotlari
Bitta butun son $n$ ($1 \le n \le 10^9$).
Chiqish ma‘lumotlari
Baxtli bo‘lsa YES, aks holda NO.
Misollar
Kirish
7
Chiqish
YES
Kirish
2
Chiqish
NO