Eng uzun o‘suvchi qism ketma-ketlik
$n$ ta sondan iborat ketma-ketlik berilgan. Undan ba’zi hadlarni o‘chirib (tartibini o‘zgartirmasdan), qat’iy o‘suvchi ketma-ketlik hosil qilish kerak. Eng uzuni necha hadli?
Masalan, $3, 1, 4, 1, 5, 9, 2, 6$ dan $1, 4, 5, 9$ yoki $1, 4, 5, 6$ — to‘rtta had.
Kirish ma‘lumotlari
Birinchi qatorda $n$ ($1 \le n \le 10^5$). Ikkinchi qatorda $n$ ta butun son ($|a_i| \le 10^9$).
Chiqish ma‘lumotlari
Eng uzun qat’iy o‘suvchi qism ketma-ketlik uzunligi.
Misollar
Kirish
8 3 1 4 1 5 9 2 6
Chiqish
4
Kirish
4 7 7 7 7
Chiqish
1