Siz bozorga bordingiz va non, sut va tuxum sotib olmoqchisiz. Sizga har bir mahsulotning narxi va sotib olinadigan miqdori beriladi. Umumiy xarid summasini hisoblab toping.
Kirish ma‘lumotlari
Kirishda 6 ta butun son beriladi, har biri alohida qatorda:
- Non narxi
- Non soni
- Sut narxi
- Sut soni
- Tuxum narxi
- Tuxum soni
Barcha narxlar 1 dan 100000 gacha, barcha sonlar 0 dan 1000 gacha bo'lgan butun sonlar.
Chiqish ma‘lumotlari
Umumiy xarid summasini bitta butun son sifatida chiqaring.
Misollar
Kirish
3000 5 8000 2 1000 10
Chiqish
41000